• Rang-jigarrang, xaki, qora, bej
• Tarkibi - 95% paxta 5% elastane
• Model xususiyatlari – Nafas oluvchi material
• Parvarishlash – 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda yuvish
• Ishlab chiqarilgan mamlakat – O‘zbekiston
Ayollar uchun NEO brendining paxtali trikataj ko‘ylagi – bu zamonaviy ayollar uchun har kuni kiyishga mos, uslub va qulaylikni birlashtirgan ajoyib tanlovdir. Ushbu model “lapsha” deb ataluvchi tor ribana to‘qimasi bilan tayyorlangan bo‘lib, tana shaklini chiroyli qilib ajratib ko‘rsatadi va harakat erkinligini saqlaydi. Tarkibida elastan bo‘lgan tabiiy paxta matosi yumshoq, cho‘ziluvchan hamda nafas oluvchi xususiyatlarga ega, bu esa kun davomida maksimal qulaylikni ta’minlaydi. Liboslar kalta va uzun shaklda bor.
Ko‘ylakning universal kesimi va uzunligi uni issiq ob-havoda mustaqil kiyim sifatida, shuningdek, sovuqroq kunlarda boshqa kiyimlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Masalan, bu modelni keng sviter, huddi, jinsi kurtka yoki jeket bilan kombinatsiya qilib, har mavsumga mos yangi obraz yaratishingiz mumkin.
Minimalistik dizayn, bir xil rangdagi silliq shakl va ribana teksturasi tufayli ushbu ko‘ylak bazaviy bo‘lishi bilan birga juda zamonaviy ko‘rinishga ega. Uni oddiy kundalik, ishga yoki hatto kechki tadbirlar uchun aksessuar va oyoq kiyimlariga qarab moslashtirish mumkin.
NEO ayollar ko‘ylagi – bu ayollik, qulaylik va hozirgi modaning uyg‘unligi. Har kuni uslubni tanlang – NEO bilan!

