KO‘P MARTALIK HAYZ DAVRI UCHUN MAXSUS TRUSIKLAR
Bu namlikni shimib olish xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus ichki kiyimdir. U namlikni o‘ziga singdirib, ichida ushlab turadi va terining quruq qolishini ta’minlaydi.
Trusikning ichki qismiga tikilgan maxsus ko‘p qatlamli qistirma gigiyenik prokladka vazifasini bajaradi. Qo‘shimcha ikkita qatlam esa yuqori shimuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, suyuqlikning sizib chiqishidan himoya qiladi.
Bunday trusiklar kiyilganda oddiy kundalik ichki kiyim kabi qulaylikni ta’minlaydi.
Qanday holatlarda foydalanish mumkin:
• Hayz davrida
• Hayz sikli muntazam bo‘lmaganda
• Hayz ko‘p kelganda qo‘shimcha himoya sifatida
• Uyqu vaqtida suyuqlik sizib chiqishidan himoyalanish uchun
• Menopauza oldi davrida
• Kam miqdordagi qonli ajralmalar kuzatilganda
• Kundalik hayotda qo‘shimcha himoya sifatida
PARVARISH QILISH BO‘YICHA TAVSIYALAR:
1. Foydalanishdan keyin:
Trusikni ishlatgandan so‘ng darhol sovuq suvda, suv tiniq bo‘lguncha qo‘lda chaying.
2. Yuvish:
Muhim! Mato yumshatgichlar, oqartirgichlar va xlorli vositalardan foydalanmang. Ular trusik matosiga va uning shimuvchanlik xususiyatiga zarar yetkazishi mumkin.
3. Quritish:
Trusikni quruq, yaxshi shamollatiladigan xonada yoki ochiq havoda quritish tavsiya etiladi.
Matoning tuzilishiga zarar yetkazmaslik uchun trusikni issiq radiator ustida quritmang, kir quritish mashinasidan foydalanmang va dazmollamang.

