Women’secret ayollar uy shimlari qulaylik va zamonaviy uslubni birlashtiradi. Ko‘k rang va nozik oq chiziqlar shimlarga nafis ko‘rinish beradi. Elastik bel qismi va bog‘ichlar yordamida shimning belga mosligini sozlash mumkin. Erkin bichim harakatlanishda qulaylik yaratadi. Uyda dam olish, uxlash va kundalik hordiq chiqarish uchun mos. Shimlarni futbolka, longsliv yoki uy kiyimining boshqa qismlari bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

