• Keng va yengil
• Suv o‘tkazmaydigan material
• Katta asosiy bo‘lim
• Old tomonda fermuarli cho‘ntak
• Mustahkam tutqichlar
• Chamodanga mahkamlanadi
• Qo‘l yuki sifatida mos
• Zamonaviy dizayn
Ayollar uchun mo‘ljallangan katta hajmli yo‘l sumkasi sayohat, safar va kundalik foydalanish uchun qulay va amaliy yechim hisoblanadi. Sumka mustahkam va suv o‘tkazmaydigan materialdan tayyorlangan bo‘lib, buyumlarni namlik va tashqi ta’sirlardan himoya qiladi.
Keng ichki bo‘lim kiyim-kechak, poyabzal va shaxsiy buyumlarni tartibli joylashtirish imkonini beradi. Old tomondagi fermuarli cho‘ntak hujjatlar, telefon va mayda buyumlar uchun juda qulay.
Qalin va mustahkam tutqichlar sumkani ko‘tarishni osonlashtiradi. Sumka chamadon tutqichiga mahkamlanadi, bu esa yo‘lda va aeroportda juda qulaylik yaratadi. Qo‘l yuki sifatida foydalanish mumkin.
Sayohat, xizmat safari, sport mashg‘ulotlari, tug‘ruqxona uchun yoki dam olish kunlari safarlari uchun ideal tanlov.

