Ushbu ayollar kupalnigi nafis va zamonaviy uslubda ishlangan bo‘lib, ilon terisi naqshidagi dizayni bilan ajralib turadi. Uzun yengli va yarim shaffof yuqori qismi unga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Yumshoq va elastik mato tana shakliga moslashadi, qulaylik yaratadi hamda harakatni cheklamaydi. Plyaj, basseyn va dam olish uchun juda mos. Mato tez quriydi, rangini uzoq vaqt saqlaydi va kundalik foydalanish uchun qulay. 38, 40, 42, 44, 46 o‘lchamlarda mavjud.

