Ayollar uchun ikki tomonlama vilvet sport kostyumi
Ayollar uchun zamonaviy va qulay sport kostyumi kundalik kiyinish sayr qilish dam olish va safarlarda foydalanish uchun mos keladi. Kostyum ikki tomonlama tabiiy vilvet matosidan tayyorlangan bo‘lib yumshoq tuzilishi va yoqimli ko‘rinishi bilan ajralib turadi. mato nafis ko‘rinish berib kiyimning zamonaviy uslubini ta’kidlaydi.
Kostyum ustki qismi zamokli ko‘rinishda ishlangan. Old qismidagi to‘liq uzunlikdagi zamok kiyishni va yechishni osonlashtiradi. Yon tomonlaridagi cho‘ntaklar mayda buyumlarni saqlash uchun qulay. Yenglaridagi qora manjetlar va jigarrang velur detallar kostyumga o‘ziga xos dizayn bag‘ishlaydi. Shim erkin bichimda tikilgan bo‘lib harakatlanishda qulaylik yaratadi. Yon tomonlaridagi dekorativ chiziqlar ustki qism bilan uyg‘unlashib sportcha va zamonaviy ko‘rinishni ta’minlaydi.
Qora va jigarrang ranglarning uyg‘unligi kostyumni turli rangdagi futbolkalar va sport oyoq kiyimlari bilan birlashtirish imkonini beradi. Kundalik obraz yaratish uchun juda mos tanlov.
Xususiyatlari:
Yumshoq matosi zamonaviy dizayni va qulay bichimi bilan ajralib turadigan ushbu sport kostyumi garderobingiz uchun amaliy va chiroyli tanlov hisoblanadi.


