• Qizlar suzish kiyimi
Ayollar uchun futbolka va shimdan iborat suzish kiyimi — bu suvda suzish va dam olish uchun mo‘ljallangan zamonaviy, qulay va amaliy kiyimlar to‘plami. Ushbu model suzish paytida tanani qulay yopib turadi, harakat erkinligini ta’minlaydi va o‘zini ishonchli his qilishga yordam beradi. U dengiz, basseyn, akvapark va ochiq suv havzalarida foydalanish uchun juda mos keladi.
Suzish kiyimi yuqori sifatli, elastik va tez quriydigan matolardan (poliester, neylon va elastan aralashmasi) tayyorlanadi. Mato suv ta’sirida shaklini yo‘qotmaydi, xlor va sho‘r suvga chidamli, teriga yoqimli va nafas oluvchi xususiyatga ega. Futbolka qisqa yengli bo‘lib, quyosh nurlaridan qo‘shimcha himoya qiladi.
Shimlar qulay kesimda bo‘lib, bel qismi elastik rezinkasiga ega , suzish vaqtida siljib ketmaydi va harakatni cheklamaydi. Ushbu suzish kiyimi faol dam olish, suv sportlari va oilaviy hordiq uchun juda qulay hisoblanadi.
Ayollar uchun futbolka va shimli suzish kiyimi turli yoshdagi va turli gavda tuzilishiga ega ayollar uchun mos bo‘lib, qulaylik, soddalik va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etadi.
Razmer:
S 44
M46
L 48
XL50

