Ayollar uchun ikki qismli oversize sport kostyumi — kundalik kiyish, sayr, safar va dam olish uchun qulay to‘plam. Komplekt zamokli olimpiyka va keng shimdan iborat.
Olimpiyka erkin bichimda, baland yoqali va zamokli. Keng shim elastik bel qismiga ega, qulay o‘tiradi va harakatni cheklamaydi. Oversize fason zamonaviy va erkin sport obrazini yaratadi.
Ayollar sport kostyumini komplekt holida yoki olimpiyka va shimni alohida futbolka, top, krossovka va boshqa kundalik kiyimlar bilan uyg‘unlashtirib kiyish mumkin.
Xususiyatlari:
• ayollar sport kostyumi
• ikki qismli kostyum / dvoyka
• zamokli olimpiyka + keng shim
• oversize erkin bichim
• baland yoqa
• elastik belli shim
• o‘lchamlar 42–48
• ranglari: qora va oq
• kundalik kiyish, sayr, safar va dam olish uchun mos




