Bu yerda, dunyoning chekkasida okean va quruqlik, orzular va haqiqat uchrashadi. Issiq va sehrli Kaliforniyaning ogʻushida hayot tashvishlari erib ketadi va umr qaytadan gullaydi. Har bir nafas — bu yangi imkoniyat, har bir quyosh botishi — vaʼda, har bir lahza esa haqiqiy sanʼat asaridir. Yozgi festivallarning musiqiy shabadasi, Hollivud chiroqlari, cheksiz plyajlar va palma barglari ortiga yashiringan osmon — bularning barchasi oʻzining yorqinligi va jozibasi bilan oʻziga rom etadi.
Jozibador "California" iforining parfyumeriya piramidasi lavanda, nok, kokos va qora smorodina kurtaklarining mayin notalari bilan boshlanadi. Kompozitsiyaning qalbida (oʻrta nota) atirgʻul, asal, koʻpirtirilgan qaymoq, shaftoli va irland likyoridan iborat koʻp qirrali kokteyl oʻrin olgan. Iforning yumshoq va uzun poygahi (shleyfi) esa ambra, mushk, shoʻr karamel, sandal daraxti va shirin vanil notalari bilan ochiladi.
Gavayi — bu yer va osmon tutashgan, qalb esa Tinch okeanining erkalovchi quyoshi ostida oʻz halovatini topadigan makondir. Ushbu jannatmonand arxipelag nafaqat oʻzining tabiiy goʻzalligini asrab-avaylaydi, balki qalbni ham uygʻunlik hamda ilhom bilan toʻldiradi. Bu yerda siz sirli tuman bilan qoplangan muhtasham sharsharalarni koʻrishingiz va rang-barang baliqlar toʻlqinlar navosiga raqsga tushadigan firuza rang suvlarga shoʻngʻishingiz mumkin.
DILIS-dan boy va emotsional "Hawaii" kompozitsiyasi malina, shaftoli, apelsin va greypfrutning sersuv notalari bilan ochiladi. Ifor qalbida tropik mevalar, magnoliya va atirgʻulning mayin akkordlari yangraydi, poygahi (shleyfi) esa mushk, sandal va kedr daraxtlarining iliqligini namoyon etadi.
Gavayi — bu shunchaki xaritadagi joy emas, bu qalb holatidir. Bu yerda siz tabiat bilan tirik bogʻliqlikni uygʻotadigan sehrni his qilasiz. "Hawaii" ifori bilan birgalikda yerdagi haqiqiy jannatmakon joyni kashf eting.
Bu yerda sirli marosimlar real dunyo bilan kesishadi, yer, suv va osmon esa yagona butunlikka aylanadi. Bu yerda ziravorlar va yangi uzilgan mevalarning iforlari quyuqlashadi, gamelan (anʼanaviy musiqa) sadolari esa qalb musiqasini yaratadi. Ekzotik tabiat, tropik oʻrmonlar va vulqonlar xuddi tushlardagidek ajoyib manzarani hosil qiladi. Bu — Indoneziya, charchoq bilmas sayyohlar uchun jannat va tabiatga sigʻinish makoni.
Kishini maftun etuvchi "Indonesia" ifori limon, qora smorodina va shaftolining sersuv notalari bilan boshlanib, asta-sekin ifor qalbiga — kokos, may dondoli (landish) va atirgʻul akkordlariga oʻtadi. Uning quyuq poygahi (shleyfi) tarkibida tonka dukkaklari, mushk, pachuli va vanil notalari ohista ochiladi. Bu shirin tropik kokteyl boʻlmay, nima boʻlsin?
Skandinaviya — tabiat va insonning ajoyib simfoniyasi boʻlib, u yerda togʻlar va fyordlar ilhom tuvaliga (polotnosiga) aylanadi, qahraton iqlim esa mahalliy aholining mehmondoʻstligi va samimiyligi bilan uygʻunlashib ketadi. Norvegiyaning qoyali qirgʻoqlari, Shvetsiyaning yovvoyi oʻrmonlari, Finlandiyaning cheksiz kengliklari — bularning barchasi tabiat buyukligiga aytilgan mangu qasidadir. Stokgolm va Kopengagen koʻchalarining meʼmorchiligi esa inson qoʻli bilan yaratilgan sanʼat madhiyasi hisoblanadi.
"Scandinavia" iforining tetiklashtiruvchi kompozitsiyasi yashillik akkordlari, qora smorodina kurtaklari va laymning salqin sadolari bilan ochiladi. Ifor qalbini magnoliya, osmantus, pion va jasmindan iborat nafis guldasta ochib beradi. Chuqur va taʼsirchan poygahi (shleyfi) uchun esa yogʻoch notalari, ladan (smola) va mushk javob beradi.
DILIS-dan "Scandinavia" ifori bilan birga olis oʻlkalarga sayohatga otlaning va shimolning nafis ohangini his eting!

