"Abaya" ikkilik to‘plami — zamonaviy va qulay kiyim
Ushbu nafis to‘plam uzun, keng bichimli abaya va keng shimdan iborat. Zamonaviy naqshi hamda erkin fasoni uni kundalik foydalanish, sayr, mehmondorchilik, safar va turli tadbirlar uchun ajoyib tanlov. Mahsulot Lion matosidan tikilgan. Mato yengil, havo o‘tkazuvchi va tanaga yoqimli bo‘lib, kun davomida qulaylik yaratadi. Erkin bichimi harakatni cheklamaydi va turli qomat egalari uchun mos keladi.

