AYOLLAR UCHUN YOPIQ KUPALNIK KO‘YLAGI, UZUN YENGLI
Zamonaviy va nafis dizayndagi ayollar kupalnik-ko‘ylagi faol dam olish, suzish va plyajda qulay harakatlanish uchun yaratilgan. Model uzun yengli fason, koylak ko‘rinishidagi ustki qismdan iborat bo‘lib, maksimal qulaylik va qo‘shimcha yopiq himoyani ta'minlaydi.
Yuqori sifatli elastik va tez quriydigan matodan tayyorlangan bo‘lib, tanaga qulay moslashadi, harakatlarni cheklamaydi va uzoq vaqt davomida o‘z shaklini saqlaydi. Old qismidagi molniya kiyimni oson kiyish va yechishga yordam beradi. Uzun yenglar va yopiq fason terini quyosh nurlaridan himoya qilishga yordam beradi.
Bel qismidagi yubkacha dizayni qomatni yanada nafis ko‘rsatadi va o‘ziga xos uslub bag‘ishlaydi. Dengiz, basseyn, akvapark, suv sportlari va oilaviy dam olish uchun ajoyib tanlov.
Afzalliklari:
• Uzun yengli yopiq dizayn
• Zamonaviy kupalnik-ko‘ylak modeli
• Qulay leginsli fason
• Old tomondan molniyali yopilish
• Tez quriydigan va elastik mato
• Quyosh nurlaridan qo‘shimcha himoya
• Harakat erkinligini ta'minlaydi
• Qomatni chiroyli ko‘rsatadi
• Basseyn va plyaj uchun mos
Xususiyatlari:
• Mahsulot turi: kupalnik-ko‘ylak
• Jinsi: ayollar uchun
• Yengi: uzun
• Yopilishi: molniya
• Pastki qismi: yoq
• Rang: to‘q ko‘k
• Naqsh: palma daraxtlari printi
• Mavsum: yoz
• Qo‘llanilishi: basseyn, dengiz, plyaj, akvapark, suzish va suv sportlari

