Ayollar uchun ko‘ylak va lozimdan iborat ikki qismli to‘plam. Baxmal matoning mayin jilosi libosga nafis ko‘rinish beradi. Uzun yengli ko‘ylak va unga mos rangdagi lozim uyg‘un obraz yaratadi. Belbog‘ yordamida bel qismini o‘zingizga moslab bog‘lash mumkin.
Modelga qarab ko‘ylakning yelka va ko‘krak qismi gulli naqshlar hamda yaltiroq bezaklar bilan ishlangan. Soddaroq uslubni yoqtiruvchilar uchun V shaklli yoqali, matoli belbog‘li variant ham mavjud. Uyda, mehmondorchilikda va kundalik kiyish uchun mos.

