Ayollar uchun zamonaviy villur uy kostyumi — nafis ko‘rinish, qulaylik va kundalik foydalanish uchun ajoyib tanlov. To‘plam uzun, erkin bichimli tunika va keng shimdan iborat. Yumshoq va teriga yoqimli villur mato tanada yoqimli turadi hamda salqin kunlarda iliqlik beradi.
Tunika ko‘krak qismidagi chiroyli bezak va nozik tilla rangli detal bilan ajralib turadi. Keng fason harakatni cheklamaydi va turli gavda shakllariga mos tushadi. Uzun yenglari va erkin shim modeli uyda kiyish, dam olish, mehmon kutish hamda kundalik foydalanish uchun juda qulay.

