Dolce&Gabbana L'Imperatrice 3 - ushbu ifor 2009-yilda taqdim etilgan bo‘lib, brendning mashhur D&G Anthology kolleksiyasiga kiradi. Kolleksiya Tarot kartalaridan ilhomlanib yaratilingan, L'Imperatrice esa Tarotdagi 3-raqamli "Imperatrisa" kartasiga bag‘ishlangan bo‘lib, u go‘zallik, ayollik, kuch, joziba, hayotiy energiya va o‘ziga bo‘lgan ishonch timsoli sanaladi.

L'Imperatrice 3 Dolce&Gabbana — tetiklik, nafislik va zamonaviy jozibani o‘zida mujassam etgan afsonaviy ifor. Kivi, tarvuz va gullarning yorqin uyg‘unligi hamda mushk va sandal daraxtining mayin yakuni unga unutilmas xarakter bag‘ishlaydi.
Yuqori notalar: Kivi va pushti qalampir iforga tetik, mevali va biroz ziravorli ochilish bag‘ishlaydi.
O‘rta notalar: Tarvuz, siklamen va yasmin uyg‘unligi iforga yengil, nafis va yozgi tetiklik baxsh etadi.
Asosiy notalar: Mushk, sandal va limon daraxti kompozitsiyani iliq, mayin va uzoq saqlanuvchi yog‘ochsimon iz bilan yakunlaydi.
Dolce&Gabbana L'Imperatrice 3 - asosan bahor va yoz fasllari uchun tavsiya etiladi. Ayniqsa kundalik foydalanish, ish, o‘qish, sayr, uchrashuv yoki dam olish kunlari uchun juda mos keladi.

