• Yuqori notalar: yengil mevali va yangi aktsentlar
• O‘rta notalar: gul notalari
• Asosiy notalar: mushk va yumshoq akkordlar
• Hid turi: gul-mevali, yengil va nafis
• Chidamlilik: 4–6 soatgacha, kundalik foydalanish uchun qulay
• Bahor va yoz mavsumlari, kundalik va ofis muhiti uchun mos
Areej Dalina — ayollik, muloyimlik va nafislikni ifodalovchi yoqimli atir. Hid ochilishi yengil mevali va gul ohanglari bilan boshlanib, tetik va ijobiy kayfiyat uyg‘otadi. Yurak notalarida gullarning nozik uyg‘unligi sezilib, aromatga romantik tus beradi. Yakunda esa yumshoq mushk va iliq akkordlar bilan toza va barqaror shleyf hosil qiladi. Ushbu atir kundalik foydalanish, ish va sayrlar uchun juda qulay tanlovdir.
EDT — bu yengil parfyum turi bo‘lib, kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. kundalik foydalanish va issiq havoda sepish uchun juda qulay
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi


