Tviddan tikilgan astarli to‘plam kalta jaket va uzun yubkadan iborat. Uzun yengli jaket old tomondan dumaloq tugmalar bilan taqiladi. Yoqadagi bant, manjetlar va old qismdagi tugmali bezaklar jaketga nafis ko‘rinish beradi. Beli baland yubka etakka tomon kengayib tushadi.
Qora va bordo variantlarda bant va bezaklar qora, pushti va havorang variantlarda esa oq rangda. Jaket va yubkani uchrashuv yoki tadbirga birga kiyish, shuningdek, boshqa kiyimlar bilan alohida uyg‘unlashtirish mumkin.
To‘plam S, M, L va XL o‘lchamlarda mavjud.

