Kostyum 3 ipli trikotaj matodan tayyorlangan. Mato yuzasi mat ko‘rinishda. Xudi old tomondan zamok bilan yopiladi. Kapyushonida bog‘ichlari, old qismida esa cho‘ntaklari mavjud. Yeng uchlari yig‘ilgan manjet bilan ishlangan.
Xudining pastki qismi tortma yordamida yig‘iladi. Shu orqali uning etagini o‘zingizga moslab kiyishingiz mumkin. Shim erkin va keng bichimda tikilgan. Bel qismida bog‘ichi bor. Shim pochasidagi maxsus tortma rezinka yordamida pastki qismini yig‘ib kiyish yoki keng holatda qoldirish mumkin.
Kostyumning o‘ziga xos jihati — bir xil to‘plamni ikki xil ko‘rinishda kiyish imkoniyati. Shim pochasini yig‘ib sportona uslub yaratish yoki erkin holatda qoldirib keng bichimda kiyish mumkin.
Material: 3 ipli trikotaj, mat yuzali.

