Ayollar uchun zamonaviy ikki qismli kostyum — keng shim va zamokli kurtkadan iborat. Yaltiroq, silliq va yengil matodan tayyorlangan. Erkin bichim harakatlanishda qulaylik yaratadi va zamonaviy oversize ko‘rinish beradi.
Kurtka zamok bilan yopiladi, yenglari keng va hajmli. Yenglar hamda shimning yon qismi kontrast chiziqlar bilan bezatilgan. Shim keng bichimli, beli rezinkali va bog‘ichli.
Kostyum kundalik obrazlar, sayr, sayohat va zamonaviy street-style obrazlar uchun mos. Krossovka va boshqa sport uslubidagi oyoq kiyimlar bilan chiroyli uyg‘unlashadi.

