Kundalik kiyimingizga mukammal mos tushadigan va nafislik bagʻishlaydigan universal ayollar sumkasi. Zamonaviy dizayni, marjonli (jembchug) bezakli zanjiri hamda oltin rangli metall elementlari bilan har qanday obrazingizni toʻldiradi.
Sumka yuqori sifatli, chidamli va uzoq xizmat qiladigan eko-teridan tayyorlangan. Qulay magnit zamoki sumkani oson va ishonchli yopishni taʼminlaydi. Ichki qismi keng va sigʻimli boʻlib, telefon, hamyon va kosmetikangizni tartibli saqlaydi. Yechiladigan va uzunligi sozlanadigan (120 sm gacha) yelka kamari tufayli uni ham qoʻlda, ham yelkada osib yurish juda qulay. Ishga, oʻqishga, sayrga va uchrashuvlarga kiyish hamda yaqinlaringiz uchun ajoyib sovgʻa qilish uchun ideal tanlov!

