• Chidamlilika va sifat borasida ikkilanmang!!!
• Mato: Oksford; Ichki astar matosi: Poliyestr
• Hajmi 22 litr, Qo'shimcha hajm 11 litr
• Chamadonga biriktirish uchun maxsus qism
• Chiqib ketishga shoshilmang. Avval quyida sumkaning ajoyib xususiyatlari bilan sizlarni tanishtiramiz. Qani ketdik...👇👇👇👇👇
• Chiroyli dizayn, yuqori sifat, katalashish hususiyati va noodatiy ko'rinish sotib olishga yetarli sabab bo'la oladi
• O'lchamlari: 22 sm * 28 sm (+12 sm) * 42 sm
• Mahsulotning og'irligi: 0.56 kg
• Baquvvat va chidamli yaltiroq temir furnituralar
• Mahsulotni tavsif va suratlar bilan 100 % bir xil chiqishini kafolatlaymiz
Ayollar sport va sayohat modali sumkasi
Do'konimiz Siz aziz mijozlar uchun navbatdagi yangi mahsulotni taqdim qiladi. Ushbu sumka Aziz opa-singillarimiz uchun sayohat, sport mashg'ulotlari va xizmat safarlari davomida juda ham asqotadi. Sumkaning chiroyli dizayni, ayyollarga xos ranglar uyg'unligi va yuqori sifati mahsulotni xech ikkilanmay sotib olishingizga sabab bo'la oladi.
Quyida sumkaning ajoyib xususiyatlari bilan sizlarni tanishtiramiz. Qani ketdik...👇👇👇👇👇👇👇👇


Sumka ko'rib turganingizdek juda ham chiroyli dizaynda ishlangan. Mahsulot Xitoyda ishlab chiqarilgan. Mahsulotning sifati a'lo darajada. Ishlab chiqarish jarayonida choklarning tekisligi va mustahkamligiga alohida e'tibor qaratilgan.
Mutanosib yorqin ranglar uyg'unligi va yaltiroq metal furnituralar mahsulotga o'zgacha ko'rk bagishlaydi. Ayollarning kiyinish uslublariga mos keladi. Yumshoq va silliq oxford mato sumkadan foydalanish vaqtida kiyimingizga shikast yetkazmaydi.
Oxford mato yomg'irda yoki suvga tushib ketganda namlikni sumkaning ichki qismiga o'tkazmaydi.


Sumka uchun ayollarga mos jozibador ranglar tanlangan. Detallar rangidagi o'zaro mutanosiblik sumkani yanada jozibali ko'rsatadi.

Sumka tutqichlari yumshoq va mayin tasmadan ishlangan bo'lib, sumkani ko'tarishda kiyimingizga shikast yetkazmaydi va tanangizga botmaydi. Tutqichlarning o'lchamlari sumkani siz xohlagan uslubda olib yurish uchun qulay. Tutqichlar sumkaga mustahkam o'rnatilgan.



Sumkaning asosiy qismi yetarlicha keng ishlangan. Asosiy qismda noutbuk uchun maxsus ch’ontak va kichik hajmdagi shaxsiy buyumlar uchun 1 ta fermuarli cho’ntak o’rnatilgan. Bu esa shaxsiy kompyuteringizni safar davomida olib yurish uchun qulay. Ichki astardagi silliq va mayin poliyestr mato buyumlaringizni solganda va olishda halaqit qilmaydi


Sumkaning ost qismidagi fermuar ochilganda uning hajmi 11 litrga kattalashadi va bu sizga ko'proq yuklaringizni olib yurishga imkon beradi.


Sumkaning old va orqa qismida 2 ta fermuarli cho'ntaklar mavjud. Shuningdek sumkaning orqasida sayohat chamadoniga biriktirish uchun maxsus qism mavjud.

