Ayollar uchun zamonaviy va qulay sportivka dvoʻykasi — kofta va tryukidan iborat amaliy kiyim to‘plami. Kundalik yurish-turish, uyda dam olish, sayr, sayohat yoki sport mashg‘ulotlari uchun mos keladi. Dizayni sodda va chiroyli bo‘lib, har xil obrazlarga oson moslashadi.

Kofta fermuarli yopilishga ega, yoqasi qulay tik turuvchi fason bilan ishlangan. Yeng uchlari rezinkali bo‘lib, qo‘lga yaxshi tushadi. Tryukining beli rezinkali va bog‘ichli, fasoni erkinroq bo‘lgani uchun harakatlanishga qulay.
Yumshoq va yoqimli matosi kun davomida qulaylik beradi. Sportivka kundalik garderobda bemalol foydalanish uchun yaxshi tanlov. Krossovka, futbolka yoki boshqa kundalik kiyimlar bilan moslab kiyish mumkin.

