• Ayollar sharflari nafaqat boshni yopish, balki kiyimga nafislik va zamonaviylik bag‘ishlaydi. Ipak, paxta, jun kabi sifatli materiallardan tikilgan sharflar qulay, nafas oluvchi va turli uslubda bog‘lanadi. Har bir ayol uchun ideal bezak!
Sharflarning asosiy turlari:
1. Bo‘yin sharfi – odatda yupqa matodan tikiladi va bo‘yin atrofiga o‘raladi.
2. Bosh ro‘mol – ayollar tomonidan boshlarini yopish uchun ishlatiladi. Diniy, milliy yoki estetik sabablar bilan taqiladi.
3. Yelka sharfi (shal) – kattaroq va keng bo‘lib, yelkaga tashlab olinadi, ayniqsa kechki liboslar bilan.
4. Hijob ro‘mollari – musulmon ayollar tomonidan diniy qoidalarga asoslanib taqiladi.
5. Turban yoki bandana – boshga o‘raladigan zamonaviy uslubdagi ro‘mol turlari.
Sharflar qanday materiallardan tikiladi?
• Ipak – nafis, yengil va hashamatli.
• Paxta – qulay va terini bezovta qilmaydi.
• Jun yoki kaşmir – sovuq kunlar uchun ideal.
• Sintetik matolar – arzon va xilma-xil naqshli.

