Ayol va qizlar uchun sifatli va nafis bambuk sharflar to'plami
Ushbu ro‘mol Turkiyaning yetakchi fabrikalarida zamonaviy texnologiyalar va yuqori standartlar asosida ishlab chiqarilgan. Har bir chok, har bir ip puxta ishlangan. Mahsulotimiz maxsus havo o‘tkazadigan (breathed fabric) matodan tayyorlangan. Ideal o'lchamga ega 75*180. U terlatmaydi, havo aylanishini ta'minlaydi va hatto eng issiq ob-havoda ham bosh qismida yengillik hamda salqinlik hissini beradi. Matoning mayinligi va yengilligi sababli kuni bo‘yi o‘zingizni erkin his qilasiz. Mayin, pastel va tabiiy gullar to‘plami har qanday kiyim uslubi bilan mukammal moslashadi. Kundalik kiyimlar, offis uslubi yoki bayramona liboslar bilan ham birdek jozibador ko‘rinadi. Yuvilganda rangi o‘chmaydi, mato toraymaydi va o‘zining daslabki yumshoqligini saqlab qoladi. Dazmollash juda oson, g‘ijim bo‘lishga chidamli. 30°C haroratda nozik (dikat) rejimida yuvish va p-ast haroratda dazmollash tavsiya etiladi. Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang.

