Premium sifatli 4 tasi 1da ayollar taqinchoqlari komplekti — nafislik va zamonaviy uslubni qadrlaydigan ayollar uchun ideal tanlov. Komplekt tarkibiga sepochka, bilakuzuk, uzuk (o'lchami sozlanadigan) va sirg'a kiradi. Barcha taqinchoqlar bir xil elegant dizaynda ishlangan bo‘lib, bir-biri bilan mukammal uyg‘unlashadi.
Ushbu model mashhur Van Cleef uslubidan ilhomlanib tayyorlangan bo‘lib, kundalik obrazga ham, bayramona ko‘rinishga ham juda mos tushadi. Minimalistik va luxury style dizayni sababli har qanday kiyim bilan chiroyli kombinatsiya hosil qiladi. Ishga, o‘qishga, uchrashuvlarga, to‘ylarga yoki maxsus tadbirlarga taqish uchun ajoyib variant hisoblanadi.
Komplekt premium sifatli materialdan tayyorlangan. Oqartirmaydi, rangini tez yo‘qotmaydi va uzoq vaqt davomida chiroyli ko‘rinishini saqlab qoladi. Taqinchoqlar yengil vaznga ega bo‘lgani sababli kun davomida qulay taqiladi va noqulaylik tug‘dirmaydi.
Mahsulot o‘zining nafis qadoqlanishi bilan ham ajralib turadi. Shu sababli yaqin insoningizga sovg‘a qilish uchun ham juda yaxshi tanlov bo‘la oladi. Tug‘ilgan kun, bayram, 8-mart yoki boshqa muhim kunlar uchun ideal sovg‘a varianti.
Komplekt tarkibi:
• Sepochka
• Bilakuzuk
• Uzuk (16-20)
• Sirg'a
Afzalliklari:
✔ Premium sifat
✔ Trenddagi dizayn
✔ Yengil va qulay
✔ Sovg‘a uchun mos
✔ Kundalik va bayramona obraz uchun mos
Ayollar uchun zamonaviy, nafis va universal taqinchoqlar komplekti.

