Ayollar va qizlar uchun qulay paxtali pijama
Uyda o‘zingizni erkin va qulay his qilishingiz uchun.
Asosiy afzalliklari:
100% paxta — tabiiy, yumshoq va tanaga yoqimli material.
Havoni yaxshi o‘tkazadi — terining nafas olishiga yordam beradi va kun davomida qulaylik yaratadi.
Ichki tomoni qo‘shib tikilgan — alohida ichki kiyim kiyishga ehtiyoj qolmaydi. Pijamani kiyishning o‘zi kifoya.
Chiroyli va yoqimli ranglar — kundalik foydalanish uchun nafis ko‘rinish beradi.
Uyda ham, tashqarida ham qulay — muhim ish bilan qisqa muddatga tashqariga chiqish yoki kutilmaganda yetkazib beruvchi kelib qolsa, bemalol chiqishingiz mumkin.
Rangini yaxshi saqlaydi — to‘g‘ri parvarish qilinganda ko‘p marta yuvilgandan keyin ham o‘zining tabiiy ko‘rinishini saqlab qoladi va yuvilganda rangi chiqmaydi
Pijama uyda dam olish, uxlash va kundalik yumushlar bilan shug‘ullanish uchun qulay. Yengil va tabiiy matosi tufayli tanada yoqimli his qoldiradi.
Pastdagi rasmda mahsulotning oddiy kamera orqali olingan tabiiy ko‘rinishi keltirilgan.


