• Nozik, allergiya chaqirmaydigan mato
• Oson yuviladi, rangi o‘chmaydi, shaklini yo‘qotmaydi
• Erkin fason tanani siqmaydi, harakatni cheklamaydi
Uyda qulaylik va chiroy birlashgan bo‘lishini xohlaysizmi? Unda bu pijama komplekti aynan siz uchun! Yumshoq, yoqimli va havo o‘tkazuvchi matodan tikilgani tufayli tana terisini bezovta qilmaydi, issiq ham, sovuq ham qilmaydi — kun bo‘yi ideal komfort.
Koftaning zamonaviy dizayni, nafis rang uyg‘unligi va nozik printi sizni oddiy uy kiyimida ham chiroyli ko‘rsatadi. Shimdagi yirik gul naqshlari esa obrazga yanada jon bag‘ishlab, ko‘tarinki kayfiyat yaratadi. Model erkin kesimga ega bo‘lgani uchun har qanday tana tuzilishida juda chiroyli o‘tiradi va harakatlanishni mutlaqo cheklamaydi.
Uyda dam olish, uyqu, uy yumushlari,bir komplektning o‘zi bilan o‘zingizni mehr bilan parvarish qilayotgandek his qilasiz. Bir marta kiygandan keyin sevimli uy kiyimingizga aylanadi.

