Ayollar uchun qorin va belni tortuvchi korset qomatni yanada ixcham ko‘rsatishga yordam beradi. Tanaga zich yopishishi tufayli qorin sohasini tortib, qomatni tarangroq ko‘rsatadi.
Korset lyamka va pastki qismisiz qulay dizaynga ega bo‘lib, faqat qorin va bel sohasini yopadi. Uni kundalik kiyimlar ostidan kiyish mumkin.
10 ta vertikal plastina korset shaklini saqlashga va kiyish vaqtida uni formasi buzilmasligiga yordam beradi. Plastinalar matoning kamroq burishib yig‘ilishiga ham yordam beradi.
Old qismidagi zamok korsetni kiyish va yechishni osonlashtiradi. 3 qator zastyojkalar esa korsetni qomatga moslab sozlash imkonini beradi.

