Ayollar uchun zamonaviy polo ko'ylagi yumshoq va biroz qalinroq pike lakosta matodan tayyorlangan. Matoning teksturali tuzilishi kiyimga chiroyli ko‘rinish beradi, havo o‘tkazuvchanligi esa kun davomida qulaylik yaratadi. Klassik yoqali dizayn, tugmali old qismi va qulay fasoni bilan kundalik foydalanish, ofis uslubi hamda sayr uchun mos keladi. Shaklini yaxshi saqlaydi, tez g‘ijimlanmaydi va harakatda erkinlik beradi.

