FAME bahor–yoz ko‘ylaklar kolleksiyasi — zamonaviy ayollik timsoli bo‘lib, unda yengillik xarakter kuchi bilan uyg‘unlashadi. Bu siluetlar katta shahar ritmi va iliq oqshomlar kayfiyatiga mos yaratilgan bo‘lib, har bir detal mukammallik darajasida o‘ylab chiqilgan.
Toza chiziqlar, dolzarb bichimlar, nafis matolar va tekstura bilan nozik ishlash o‘z uslubi va estetik qarashlariga ishonchi komil ayol obrazini shakllantiradi. Kolleksiya kunduzgi yorug‘lik uchun yengil va havodor ko‘ylaklarni, alohida tadbirlar uchun nafis modellarnи hamda istalgan vaziyatga oson moslashadigan universal yechimlarni o‘z ichiga oladi.
FAME — bu shunchaki mavsumiy trendlar emas, balki ayollikning zamonaviy talqini: nozik, erkin va jozibador. Harakat yengilligi, ifodali siluetlar va mayda detallarga e’tibor uslub hissini yaratadi — u sokin “gapiradi”, ammo o‘ziga ishongan ohangda yangraydi.

