

Bu krassovka yengil va nafas oluvchi to‘r matodan tayyorlangan bo‘lib, oyoqni kun davomida qulay holatda ushlab turadi. Qalin va yumshoq tag qismi yurishda amortizatsiya beradi, oyoqqa tushadigan bosimni kamaytiradi. Ichki qismi mayin va qulay bo‘lib, uzoq vaqt kiyilganda ham charchatmaydi.
Minimalistik dizayn va zamonaviy detallari uni sport kiyimlar bilan ham, kundalik casual obrazlar bilan ham oson uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Faol hayot tarzi, sayr, ish yoki kundalik foydalanish uchun juda mos tanlov.
Yengil va nafas oluvchi mato
Qalin, yumshoq va elastik taglik
Oyoqqa qulay joylashadi
Kundalik va sport uslubiga mos
Uzoq vaqt kiyishga qulay 🌸


