Muazzama Couture — Universal ayollar abaya libosi (mos ro'moli bilan)
Bitta libos bilan har qanday davrada va marosimda benazir, ko'rkam hamda nafis ko'rinishni xohlaysizmi? Usbu premium abaya to'plami har bir muslima ayol garderobining ajralmas va sevimli qismiga aylanadi!
Nega aynan ushbu libosni tanlash kerak?
- Har qanday tadbir va marosim uchun: Libos shunday universal dizaynga egaki, uni to'ylar, tug'ilgan kunlar, bayramona uchrashuvlar hamda kundalik hayotda va sayrlarda birdek kiyish mumkin.
- Aksessuarlar bilan osongina moslashadi: Klassik va nafis bichimi sababli libosni turli xil taqinchoqlar, brend sumkachalar, poshnali yoki qulay poyabzallar bilan istalgancha kombinatsiya qilish mumkin.
- Umra ziyorati va Namoz uchun ideal: Harakatlanishga juda qulay va barcha shariat qoidalariga javob beradigan erkin bichim sababli Umra va Haj ziyoratlari hamda namoz o'qish uchun juda qulay.
- Nafis va go'zal detallar: Yeng chetlaridagi va pelerin qismidagi nozik oq dantel (kruzhevo) bezaklari libosga alohida shinamlik hamda hashamat baxsh etadi.
- A'lo darajadagi mato: Yengil, yumshoq, teri nafas oladigan va kun davomida o'zini maksimal qulay his qilishni ta'minlaydigan sifatli matodan tikilgan.
Xususiyatlari:
- To'plam tarkibi: Uzun erkin ko'ylak va unga to'liq mos ro'mol (hijob).
- Bichimi: Erkin va keng (oversize), barcha qomat turlariga chiroyli tushadi.
- Mavsum: Barcha fasllar uchun mos.
