Ushbu ikki qismli ayollar kostyumi nafislik, qulaylik va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan. Yoz mavsumi uchun ko‘ylak va sarafanlar doimo dolzarb bo‘lsa-da, yangi mavsumdagi oversize uslubidagi bomber va sarafandan iborat to‘plam yanada zamonaviy va jozibali ko‘rinish yaratadi.
Atlas matodan tikilgan kostyum yengil, qulay va kundalik foydalanish uchun juda mos. To‘plamning eng katta afzalligi shundaki, uni nafaqat birgalikda, balki har bir qismini alohida ham kiyish mumkin. Shu tariqa garderobingizdagi boshqa kiyimlar bilan turli xil zamonaviy obrazlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
2 tasi 1 da — bitta xarid bilan turli uslublarda kiyinish imkoniyati. To‘g‘ri tanlangan taqinchoqlar va aksessuarlar bilan har safar o‘zgacha, didli va nafis ko‘rinishga ega bo‘lasiz.
Bomber jinsi shimlar, shortilar, yubkalar yoki ko‘ylaklar ustidan ham ajoyib mos tushadi.
Oversize uslubidagi kostyum qulaylik va amaliylikni qadrlaydigan ayollar uchun ideal tanlovdir. U harakat erkinligini ta'minlaydi va har kuni zamonaviy ko‘rinishga yordam beradi.
Sizni xaridorlarimiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz! Sizga yoqimli xaridlar tilaymiz! 🌷


