ELF DESIGNER kostyum-dvoykasi — erkin bichimli qora bluzka va qora no‘xatli uzun oq yubkaning nafis uyg‘unligi.
Bluzka erkin va uzunroq bichimli bo‘lib, qomatga qulay tushadi va qorin qismini chiroyli yopib turadi. Dumaloq yoqa mayin burmalar bilan bezatilgan. Uzun hajmli yenglari keng manjetlar va dekorativ tugmalar bilan ishlangan.
Yubka uzun, asosan to‘g‘ri va erkin bichimli, qomatga yopishmaydi va pastki qismiga tomon yengil kengayadi. Qora va oq ranglarning klassik uyg‘unligi kostyumga nafis va zamonaviy ko‘rinish beradi.
Erkin va uzunroq bluzka
Uzun hajmli yenglar
Dekorativ tugmali keng manjetlar
Qora no‘xatli uzun yubka
To‘g‘ri va erkin bichimli yubka
Qulay o‘tirish
Ishlab chiqarilgan — Turkiya

