Kostyum yumshoq va sifatli trikotaj to‘qima materialdan tayyorlangan. Mato tanaga yoqimli, kiyishda qulay va salqin ob-havo uchun mos. Chiroyli to‘qilgan teksturasi kostyumga nafis va zamonaviy ko‘rinish beradi. Material kundalik foydalanish uchun qulay va boshqa kiyimlar bilan oson kombinatsiya qilinadi.
To‘plam 3 ta kiyimdan iborat: kofta, yubka va kardigan. Barcha qismlar bir-birini chiroyli to‘ldirib, tayyor va uyg‘un obraz yaratadi. Kofta va yubkani birgalikda yoki boshqa kiyimlar bilan alohida kiyish mumkin. Kardiganni ham alohida boshqa obrazlarda ishlatish mumkin.
Standart razmer 46–52 gacha mos keladi. Kostyum qulay fasoni bilan qomatda chiroyli ko‘rinadi. Universal dizayni sababli turli vaziyatlarda kiyish mumkin. Kundalik kiyim, sayr, ish, uchrashuv va tadbirlar uchun mos tanlov.
