DeLuna ayollar ichki kiyim komplekti nafis dizayn, qulaylik va o‘ziga xos bezaklarni birlashtirgan zamonaviy modeldir. Komplekt tarkibiga bir-biriga mos byustgalter va tursik kiradi. Mato yuzasidagi mayda, yaltiroq gilos shaklidagi bezaklar mahsulotga yorqin, jozibali va betakror ko‘rinish beradi.
Byustgalterning shakllantirilgan kosachalari ko‘krakni chiroyli tutib turishga va tabiiy shaklini yanada nafis ko‘rsatishga yordam beradi. Sozlanadigan bretelelar orqali o‘zingizga mos qulay uzunlikni tanlash mumkin. Orqa qismidagi ilgakli qadagich byustgalterning tanaga yaxshi moslashishiga yordam beradi. Markazidagi nafis bant va dekorativ detal dizaynni yanada chiroyli qilib to‘ldiradi.
Tursik byustgalter bilan bir xil uslubda ishlangan bo‘lib, komplektga uyg‘un ko‘rinish beradi. Yumshoq va tanaga yoqimli material kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Nafis bichim ayollikni ta’kidlab, kiyim ostida chiroyli turadi.
Komplekt kundalik foydalanish, romantik obraz yaratish yoki maxsus kunlar uchun ajoyib tanlov. Shuningdek, yaqin inson uchun chiroyli sovg‘a sifatida ham mos keladi.
O'lchamlar: B 80, B 85, B 90.
Ranglari: qora, oq, qizil, bej, bordo, elektrik ko‘k, malina, och pushti, sabzirang va boshqa ranglar.
DeLuna — qulaylik, nafislik va jozibali detallarni qadrlaydigan ayollar uchun yaratilgan ichki kiyim komplekti. 💕

