Ayollar uchun yumshoq charm mokasinalar — Qulaylik va nafislik bir joyda!
Kun boʻyi oyogʻingiz toalmasdan yengil harakatlanishni xohlaysizmi? COMFORT seriyasidagi ayollar charm poyabzali aynan siz uchun yaratilgan!
Asosiy afzalliklari:
- Tabiiy yumshoqlik: Sifatli va yumshoq eco-charm oyogʻingiz shakliga moslashadi va qismaydi.
- Nafas oluvchi perforatsiya: Yuzasidagi mikroskopik teshikchalar havoni yaxshi oʻtkazib, oyogʻingiz terlashining oldini oladi.
- Ortopedik va moslashuvchan taglik: Qalin va yumshoq taglik yurish paytidagi zarbalarni yumshatadi, umurtqa pogʻonasiga tushadigan ogʻirlikni kamaytiradi.
- Klassik va milliy uslub: Yogʻoch munchoqli bezaklar poyabzalga oʻzgacha nafislik bag'ishlaydi.
Tez-tez beriladigan savollar (FAQ):
- Savol: Oʻlchami (razmeri) toʻgʻri keladimi? Javob: Ha, poyabzal standart oʻlchamlar boʻyicha tikilgan. Agar oyogʻingiz biroz keng yoki shishishga moyil boʻlsa, oʻz oʻlchamingizni tanlashingiz kifoya.
- Savol: Keksalar yoki oyogʻida og'riq borlar uchun mos keladimi? Javob: Albatta! Tagligi juda yumshoq va elastik boʻlgani uchun yoshi kattalarga ham, kun boʻyi tik oyoqda ishlaydiganlarga ham juda qulay.
- Savol: Poyabzalni qanday parvarish qilish kerak? Javob: Nam mato bilan artib turish va charm uchun moʻljallangan maxsus krem yoki sprey ishlatish tavsiya etiladi.