Ayollar bijuteriya to‘plami zanjirli kulon, bir juft sirg‘a va uzukdan iborat. Barcha buyumlar bir xil barg naqshi bilan bezatilgan, shuning uchun to‘plam birga taqilganda uyg‘un va nafis ko‘rinadi. Bayram, to‘y va kundalik obrazlar uchun mos.
To‘plamda
- Ingichka zanjirdagi kulon
- Sirg‘a — 1 juft
- Uzuk — 1 dona
Xususiyatlari
- Tilla rang
- Oval shakldagi kulon, ichida to‘rt bargli gul naqshi
- Barglarda olmos kesimli yaltiroq sirt yorug‘da tovlanadi
- Sirg‘a va uzuk kulon bilan bir uslubda
Kimga mos
- Nozik va klassik taqinchoqlarni yoqtiradigan ayollar uchun
- To‘y, bayram va tantanali tadbirlar uchun
- Buyumlarni birga yoki alohida taqish mumkin
- Ona, opa-singil yoki dugonaga sovg‘a sifatida tanlash mumkin
Parvarish
- Taqinchoqlarni suv, atir va kosmetika vositalari tegishidan saqlang
- Zanjir chigallashmasligi uchun alohida saqlang
- Taqmagan paytda quruq joyda saqlang
- Yumshoq quruq mato bilan ehtiyotkorlik bilan arting