• Yuqori notalar: lotos va anjir
• Yurak notalari: boychechak va mimoza
• Asosiy notalar: mushk va sandal
• Chidamliligi: 6–8 soat
• Kimlar uchun: ayollar uchun
OMAF Bella — ayollar uchun yaratilgan nafis va yengil atir. Aromat kompozitsiyasi gul va yumshoq mushk ohanglariga qurilgan bo‘lib, kundalik foydalanish uchun qulay. Yengil va toza hid ayollarga nafislik va muloyimlik baxsh etadi.
BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)da ishlab chiqarilgan Eau de Parfum bo‘lib, terida yaxshi ochiladi va kunduzgi foydalanish uchun mos. 100 ml hajmi uzoq muddat foydalanish uchun qulay.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi


