• Chang va mayda chiqindilarni samarali yig‘adi
• Sovok bilan qulay to‘plam
• Uy va ofis uchun ideal
• Aylanuvchi cho‘tkali supurgi
• 180° aylanuvchi qism
• Divan va kreslo ostini tozalash uchun qulay
• Ergonomik va uzun tutqich
• Egilmasdan tozalash imkoniyati
• Yengil va mustahkam konstruktsiya
• Har xil pol yuzalari uchun mos
Aylanuvchi cho‘tkali supurgi va sovok to‘plami – uy va ofisda tez, oson va samarali tozalash uchun ideal yechim. Zamonaviy dizayn va funksional konstruktsiya tufayli chang, soch tolalari va mayda chiqindilarni qisqa vaqt ichida yig‘ib oladi.
Supurgi ichidagi maxsus aylanuvchi cho‘tka harakat davomida avtomatik ishlaydi va chiqindilarni chuqurroq yig‘adi. Eng katta afzalliklaridan biri – 180° ga aylanuvchi bosh qismi, bu esa tor joylar, divan va kreslo osti, shkaf tagi kabi yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarni ham bemalol tozalash imkonini beradi.
Ergonomik tutqich egilmasdan ishlashga yordam beradi, bu esa belga ortiqcha yuk tushishini oldini oladi. Yengil va mustahkam materialdan tayyorlangan bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi. Supurgi pol yuzasini tirnamaydi va har xil qoplamalar uchun xavfsiz.
To‘plam tarkibidagi sovok bilan chiqindilarni tez va gigiyenik tarzda yig‘ish mumkin. Ushbu mahsulot kundalik tozalashni osonlashtiradi va vaqtingizni tejaydi.
Afzalliklari:

