AXELUS massaj kreslosi — uy, ofis yoki dam olish maskanlarida qulay hordiq chiqarish va tanani tiklash uchun mo‘ljallangan zamonaviy premium massaj kreslosidir.
Aqlli massaj tizimi bo‘yin, yelka, orqa, bel, dumba, son, boldir va oyoq panjalariga ta'sir qilib, kun davomida to‘plangan charchoq va mushaklardagi zo‘riqishni kamaytirishga yordam beradi.
• Butun tana uchun zamonaviy chuqur massaj texnologiyasi
• Zero Gravity rejimi orqali maksimal bo‘shashish
• Bo‘yindan dumbagacha massaj qiluvchi SL rels tizimi
• Qo‘l, yelka, oyoq va tovon uchun havo-kompression massaj
• Bel va oyoqlarni isitish funksiyasi
• Avtomatik va qo‘lda boshqariladigan massaj dasturlari
• Bluetooth audio tizimi orqali musiqa tinglash imkoniyati
• Sensorli va ovozli boshqaruv (modelga qarab)
• Ergonomik va zamonaviy premium dizayn
• Uy, ofis, mehmonxona, salon va dam olish maskanlari uchun mos
AXELUS massaj kreslosi zamonaviy texnologiyalar, yuqori qulaylik va nafis dizaynni birlashtirib, har kuni professional darajadagi massajdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

