Avtomobilingizga o'zgacha uslub va xarakter bag'ishlang!
Ushbu dekorativ emblemalar to'plami avtomobil ishqibozlari uchun maxsus tanlangan. Har bir logotip yuqori aniqlikda, sifatli materiallardan tayyorlangan bo'lib, mashinangizning tashqi ko'rinishini vizual ravishda qimmatroq va agressivroq ko'rsatadi.
Tanlovda quyidagi modellar mavjud:
• Nissan GT-R: Kumushrang, sport uslubidagi afsonaviy belgi.
• Porsche (Gerd): Klassik tillarang Stuttgart gerbi — lyuks va sifat ramzi.
• Chevrolet RS (Qora-Qizil): Malibu, Tracker va Gentra uchun agressiv va zamonaviy ko'rinish.
• Chevrolet RS (Kulrang-Qizil): Vazmin va klassik sport uslubini xush ko'ruvchilar uchun.
Asosiy afzalliklari:
•Zanglamaydigan metall va yuqori sifatli ABS plastikdan tayyorlangan.
• Chidamlilik: Quyosh nuri, yomg'ir va avtomoykadagi kimyoviy vositalarga bardoshli, rangi o'ngib ketmaydi.
• Oson o'rnatish: Har bir emblema orqasiga mustahkam 3M ikki tomonlama skotch o'rnatilgan. Hech qanday qo'shimcha asboblar talab qilinmaydi.
• Kapot, yukxona (bagaj) yoki radiator panjarasiga yopishtirish uchun mos keladi.
O'rnatish bo'yicha tavsiya:
Eng mustahkam yopishishi uchun emblemani yopishtirishdan oldin avtomobil sirtini yaxshilab yuving, yog'sizlantiring (spirt yoki maxsus vosita bilan) va quriting.

