• Avtomobil zaryadlovchi qurilmasi 3v1
• Tez zaryadlash. Zamonaviy QC3.0, PD protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi
• 3 ta USB portiga ajratgich: USB QC3.0 + 2 ta TypeC PD 30W port
• Bir vaqtning o‘zida 3 ta qurilmani samarali zaryadlash
• Xavfsizlik. Qizib ketishdan, qisqa tutashuvdan, ortiqcha yuklanishdan himoya
• Ishonchli mahkamlash va bardoshli olovga chidamli korpus
• Keng moslik
Zamonaviy avtomobil zaryadlovchi qurilmasi uzoq safarlar davomida portativ elektronikaning tez va yuqori sifatli zaryadlanishi uchun ishlab chiqilgan.
Avtomobil zaryadlovchi qurilmasi zamonaviy dizaynga ega bo‘lib, 3 ta USB porti bilan jihozlangan. Ular tez zaryadlash texnologiyalari – Quick Charge 3.0 (USB Type A) va Power Delivery 30W (2 ta TypeC port) ni qo‘llab-quvvatlaydi. AZUning asosiy afzalligi – 3 ta qurilmani bir vaqtda maksimal tezlikda va vaqtni sezilarli tejab, quvvat bilan ta’minlash va zaryadlash imkoniyatidir. Bu xavfsiz va samarali zaryadlanishni ta’minlaydi. Eng mashhur tez zaryadlash protokollarini qo‘llab-quvvatlash keng moslikni ta’minlab, planshetlar, Android va iOS asosidagi mobil qurilmalar, naushniklar, navigatorlar va boshqa ko‘plab USB-qurilmalar kabi aksariyat zamonaviy gadjetlar bilan ishlay oladi.
Aksessuar 12V dan 24V gacha bo‘lgan kirish kuchlanishi diapazonida ishlaydi va avtomobilning bort tarmog‘idan quvvat oladi. Ishonchli mahkamlash moslamasiga ega korpus yong‘inga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, uning mustahkamligi va chidamliligini kafolatlaydi. O‘rnatilgan ko‘p bosqichli himoya tizimi qizib ketishdan, ortiqcha oqimdan va qisqa tutashuvdan ximoya qiladi, bu esa foydalanish xavfsizligini ta’minlaydi.
Kundalik safarlar yoki avtomobilda uzoq safarlar davomida GCR ning 3v1 universal zaryadlovchi qurilmasi bilan qulaylik va funksionallikning yangi darajasini kashf eting. Bu sizning qurilmalaringizni tez va yuqori sifatli zaryadlaydi.
Muhim eslatma: agar zaryadlanayotgan qurilma yoki ishlatilayotgan kabdel QC3.0 / PD tez zaryadlash protokollarini qo‘llab-quvvatlamasa, zaryadlash odatdagi rejimda amalga oshiriladi.
Texnik xususiyatlari:
Portlar: 1xUSB Type A [gnezdo], 2xUSB TypeC [gnezdo]
Kirish: DC 12-24V
Chiqish:
USB С1: 5V=3A / 9V=3A / 12V=2.5A
USB С2: 5V=3A / 9V=3A / 12V=2.5A
USB A: 5V=3A / 9V=2.5A / 12V=1.87A

