Yangi avlod magnitli avtomobil telefon ushlagichi – yo‘ldagi eng xavfsiz va qulay yordamchingiz. Ushbu qurilma yuqori sifatli aviatsiya qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, nafaqat uzoq muddat xizmat qiladi, balki avtomobilingiz saloniga zamonaviy va nafis ko‘rinish bag‘ishlaydi. Mahsulotning asosiy afzalligi uning o‘ta kuchli magnit tizimidir. Ichki qismiga o‘rnatilgan maxsus neodim magnitlari hatto eng og‘ir smartfonlarni ham yo‘ldagi kuchli silkinishlar, keskin tormozlanish yoki notekis toshli yo‘llarda ham qimirlatmasdan, mustahkam ushlab turadi. Telefon korpusiga yoki g‘ilofiga hech qanday zarar yetkazmaydi. Ushtlagich avtomobil paneli (torpedo) yoki sizga qulay bo‘lgan har qanday tekis yuzaga maxsus avtomobil darajasidagi professional 3M ikki tomonlama yopishqoq lentasi yordamida o‘rnatiladi. Bu skotch issiq kunlarda erib ketmaydi, sovuqda ko‘chmaydi va yulib olinganda avtomobil panelida hech qanday iz yoki dog‘ qoldirmaydi. 180 darajaga sozlanuvchi mexanizmi tufayli telefoningizni o‘zingizga qulay burchakka burishingiz va navigatsiyani chalg‘imasdan kuzatishingiz mumkin. Universal dizayni sababli barcha turdagi smartfonlarga (iPhone, Samsung, Xiaomi va boshqalar) mukammal mos keladi

