Avtomobil uchun magnitli Magsafe telefon ushlagichi — haydovchilar uchun qulay va xavfsiz yechim. Ushbu holder torpeda yoki old oynaga o'rnatiladi va smartfonni yo'lda qo'lda ushlab turmasdan foydalanish imkonini beradi.
Ushbu holder Magsafe-ni qo'llab-quvvatlaydigan smartfonlar uchun mo'ljallangan. Kuchli magnitlar tufayli telefon burilishlarda ham joyida qoladi.
Magnitli mahkamlash tufayli telefonni osongina joylashtirish va olish mumkin. Hech qanday qisqich yoki murakkab tizim kerak emas — telefon magnitga oson mahkamlanadi. Bu haydash paytida chalg'imaslikka yordam beradi va telefon bilan ishlashni qulay qiladi.
Ushlagichni avtomobil tarpedasiga yoki old oynasiga o'rnatish mumkin. O'rnatishdan oldin sirtni tozalash tavsiya etiladi. O'rnatgandan so'ng holder foydalanishga tayyor bo'ladi.
Ushbu magnit holder navigatsiyadan foydalanadigan, yo'lda qo'ng'iroq qiladigan yoki boshqa vazifalar uchun smartfonni ishlatadigan haydovchilar va yo'lovchilar uchun juda qulay. Tez o'rnatish va ishonchli ushlab turishni qadrlaydiganlar uchun ideal aksessuar.
Uzoq muddat foydalanishda mahkamlashning ishonchliligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turing. Optimal ishlash uchun o'rnatiladigan sirt toza va quruq bo'lishi kerak.

