Torpeda qoplamasi salon ko'rinishini yangilaydi va torpedani quyosh nuri hamda changdan himoya qiladi. U premium alkantara materialdan tikilgan: yuzasi yumshoq, mat va ko'zni qamashtirmaydi.
Qoplama Cobalt, Gentra, Nexia 1/2/3, Spark, Damas, Matiz torpedasining shakliga aniq moslab kesilgan. Havo kanallari, datchiklar va panel o'rinlari yopilmaydi. Silikon asos qoplamani joyida mahkam ushlaydi, shuning uchun u siljimaydi va qo'shimcha yelim yoki mahkamlagich talab qilmaydi.
Chekkalari puxta tikilgan, shu sababli uzoq foydalanishda ham ochilmaydi va shaklini yo'qotmaydi. Qoplama torpedadagi yaltirashni yo'qotib, old oynada aks tushishini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, quyoshli kunlarda haydovchi uchun qulaylik yaratadi.
Asosiy afzalliklar
Premium alkantara material, teginishga yoqimli
UV nurdan himoya: torpeda ranggi o'chmaydi va yorilmaydi
Salonning qizishini kamaytiradi
Old oynadagi yaltirash va aksni kamaytiradi
Silikon asos tufayli sirpanmaydi va mahkam turadi
Puxta tikilgan chekkalar
Torpeda shakliga aniq moslashtirilgan
O'rnatish juda oson, asbob kerak emas
Xususiyatlari
Material: alkantara
Asos: silikon
Rangi: qora, apelsin, yashil
Mos keladi: Cobalt, Gentra, Nexia 1/2/3, Spark, Damas, Matiz
Komplektatsiya: 1 dona torpeda qoplamasi

