Ovozni baland qiling va haqiqiy chuqur, tiniq va kuchli basdan (bass) zavqlaning. Ushbu 12 dyuymli (30 sm) avtomobil sabvuferi mashinada sifatli musiqani qadrlaydigan va musiqani nafaqat eshitishni, balki butun tana bilan his qilishni xohlaydiganlar uchun maxsus yaratilgan.
Ushbu tovar kartasida 3 xil quvvat modifikatsiyasi mavjud — kuchaytirgichingizga (usilitel) mos keladiganini menyudan tanlang:
- 350W (RMS) / 700W (Max) — kundalik sifatli musiqa tinglash va mashina zavod akustikasini boyitish uchun ideal balans.
- 550W (RMS) / 1100W (Max) — ovozni balandroq qilishni va mashina salonini "yondirishni" xohlaydiganlar uchun kuchli «oltin o'rtaliq».
- 850W (RMS) / 1700W (Max) — haqiqiy va o'ta kuchli bas bosimi ishqibozlari uchun professional va ekstremal yechim.
UZ555 ADS1270 ULTRA seriyasining asosiy afzalliklari:
- Qo'sh səs g'altagi (Dual Voice Coil): 2+2 Ohm qarshilik ulanishda (1 Ohm yoki 4 Ohm) qulaylik beradi va monoblok yoki usilitelingizdan maksimal quvvatni olishga yordam beradi.
- Premium yig'ilish sifati: Mustahkam korpus, ishonchli magnit tizimi va yashil choklar bilan tikilgan sifatli elastik diffuzor qismi eng yuqori yuklanishlarda ham uzoq xizmat qilishini kafolatlaydi.
- Zamonaviy dizayn: UZ555 brend logotipi va chiroyli tashqi ko'rinishi sabvufer qutingiz (korobka) va mashinangiz bagajiga alohida ko'rk bag'ishlaydi.