• Beskarkas dizayn
• Jim va silliq ishlash
• Chiziqsiz tozalash
• Bosimning bir tekis taqsimlanishi
Beskarkas oynatozalagich cho‘tkalari avtomobilning old oynasini samarali va bir tekis tozalash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy konstruksiya cho‘tkaning oynaga butun uzunligi bo‘ylab zich yopishishini ta’minlab, chiziq va iz qoldirmasdan tozalash imkonini beradi.
Aerodinamik shakl shamol qarshiligini kamaytiradi va yuqori tezlikda ham cho‘tkaning barqaror ishlashini ta’minlaydi. Grafit qoplamali rezina jim ishlaydi, ishqalanishni kamaytiradi va xizmat muddatini uzaytiradi. KNOПKA 19 MM turidagi mahkamlash esa cho‘tkani tez va oson o‘rnatish imkonini beradi, qo‘shimcha asboblar talab qilinmaydi.
Mahsulot turli ob-havo sharoitlarida foydalanish uchun mos: yomg‘ir, qor, chang va loy.
BYD barcha modellariga mos variantlari bor. E2 , Seagull, Yuan up, Chazor, Song plus, Chempion, Tang, Han, Song Pro

