1. Shaffof silikon gʻilof (Oʻlchami: 50 × 70 sm)
• Salon ichida mutlaqo koʻrinmaydi: Qalin shaffof material avtomobilingiz oʻrindiqlarining asl koʻrinishi va rangini saqlab qoladi.
• Maksimal himoya maydoni: 50x70 sm gacha boʻlgan kengaytirilgan oʻlcham oʻrindiq orqasini yuqoridan pastgacha toʻliq yopadi.
• Ishonchli pastki fiksatorlar: Pastki qismidagi maxsus mahkamlagichlar gʻilofning mahkam joylashishini va safar davomida osilib qolmasligini kafolatlaydi.
2. Choʻntakli qora matoli gʻilof (Oʻlchami: 44 × 60 sm)
• Chidamli va mustahkam material: Namlikdan qoʻrqmaydigan, ishqalanishga chidamli va oddiy nam salfetka bilan osongina tozalanadigan qalin matodan tayyorlangan.
• Qoʻshimcha organayzer: Gʻilofning yuqori qismida toʻrli choʻntaklar mavjud. Ularda bolalar idishlari, oʻyinchoqlar, salfetkalar yoki gadjetlarni saqlash qulay.
• Sozlanadigan tasmalar: Boshqoʻygich (podgolovnik) va oʻrindiq atrofidagi qulay fasteksli (qisqichli) tasmalar gʻilofni oʻrindiq shakliga moslab mukammal oʻrnatish imkonini beradi.

