• pw nasosimiz Xitoyda italiya texnalogiyasi asosida yaratilgan
• bizning tavarlarimiz uchun serviz markazi mavjud
PW seriyali tashqi nasoslar tarkibida cho‘kindili aralashma va qo‘shimchalar yo‘q toza suvni haydash, shuningdek, nasosning materialiga ta’sir o‘tkazmaydigan suyuqliklar uchun mo‘ljallangan. Ushbu nasos suv ta’minoti tizimlarida, uy, dala hovli va bog‘larda suv bosimini oshirishda foydalaniladi. Past quvvatda ham yuqori unumdorlikka ega.
Elektr nasos qizib ketgan taqdirda uning ishini avtomatik ravishda to‘xtatadigan termohimoya bilan jihozlangan.
Mustahkam va qulay suv ta’minoti uchun mo‘ljallangan kuchli nasos ham ichimlik, ham texnik suvni yetkazib berishda ideal tanlovdir.
370 Vt quvvatga ega bu model bir daqiqada 40 litrga yaqin suvni hayday oladi. Maksimal ko‘tarish balandligi 38 metrgacha, bu esa nasosning bir vaqtning o‘zida suv bilan ta'minlashda samaradorligini oshiradi.
Diqqat qiling!
Nasosni tomga, binoning ichkarisiga yoki suyuqlik sizib chiqish ehtimoli bor joyga o‘rnatayotganda, uning mustahkam joylashganiga va sovitib turish uchun havo bemalol aylanadigan joyga qo‘yilganiga e’tibor qarating.
Idishning pastki qismi quvur orqali oqava suv tarmog‘iga ulab qo‘yilishi kerak. Bu nasosning uchidagi mexanik muhrning eskirishi, korpusning sovuqdan yorilishi va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan suyuqlikning sizib chiqishi natijasida yuza keladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Aks holda ortiqcha yo‘qotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Muayyan vaqt ishlaganidan keyin nasosning ustki qismi qizib ketish ehtimoli bor. Uni qo‘lingiz bilan ushlamang

