📌 Kitob nomi: Avf Et Allohim, Dard etma Alloh yetar, Qalbimdasan Allohim, Kadir Akel
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Chop etilgan yili: 2024
📌 Sahifalar soni: 182, 248
📌 Qisqacha mazmun:
Avf Et Allohim
O‘zini yo‘qotish - aslida, o‘zini topa olmaslikdir. Yaʼni qayerda turganingni ko‘ra bilmaslikdir. Hayot baʼzan bir toshqin bilan keladi. Oqizib yuboradi hamma narsaniyu Baʼzi umidlar mana shu toshqindan o‘yqoladi. Baʼzilari esa shoh-shabbalarga ilinib qoladi - uzanasan, tutasan. Tutgan sari hayotga bog‘lanasan. Qalbingda zulmatga darcha ochiladi shu umid bilan bircha. Ichingga nur to‘ladi va hamma narsani shu bilan qo‘ra boshlaysan.
Har doim nimadur kam bo‘ladi, har doim yarim qolagan his-tuyg‘ular kurshovida o‘zini yyqotadi inson. Boylik beradi Yaratgan, yoniga bir xastalik qo‘shadi. Sog‘lik beradi. kashshoqlik zahmatiga yoo‘liqtiradiyu Bu yarim dunyoda butun baxtga erishish mumkin emas. Har bir jon o‘ziga yarasha muammo bilan kurashadi. Fursatini topgan odam esa kachondir baxtga erishadi. Ehtimol, eng muhimi, hayotni og‘riqlar ichida ham yashay bilishdir. Asosiysi, dardga qaramay kula olish, erak sanchiqlariga qaramay tabassum qilish...
Dard etma Alloh yetar
Ehtimol, xastadirsan.
Ehtimol, yolgizdirsan.
Extimol, eng og‘ir dardlar changalidadirsan.
Ammo unutma: hamisha ikki tanloving bor: yo mana shu muammolar iskanjasida qiynalib, isyonga ketib, o‘zing uchun ham, atrofingdagilar uchun ham bu xayotni zaxar kilasan, yoki «Ey Robbim! Sendan kelgan har narsa boshu ko‘zimning ustiga» deya, shukur aylab, bu hayotdan bahra olasan.
Ishon, bir kun g‘amlar ketar, Dard etma, Alloh yetar
Qalbimdasan, Allohim
ruhiy poklanish va qalbni Allohga yaqinlashtirish haqida yozilgan ta’sirchan asar. Kadir Akel ushbu kitobida Allohga bo‘lgan muhabbat, ichki tinchlik va imon bilan yashashning ahamiyatini chuqur ifoda etadi. Muallif, Allohning borligiga ishongan qalb orqali, insonni hayotiy qiyinchiliklardan qanday sabr va mehr bilan o‘tish mumkinligini tushuntiradi. Bu asar o‘quvchiga Allohga tavakkul qilish va Unga chin dildan bog‘lanishning muhimligini o‘rgatadi.
Kitobning sahifalarida Allohning muhabbatini qalbdan his qilish, imon va sabr orqali hayotning murakkabliklarini yengish haqida qimmatli maslahatlar beriladi. "Qalbimdasan, Allohim" o‘quvchini o‘z ruhiyatiga nazar tashlashga, dunyo hayotining o‘tkinchi ekanligini anglashga va qalbni Allohga yaqin tutishga undaydi.
Tavsiya: Mazkur kitobni, qalbni poklash va ma’naviy o‘sishga intilayotgan har bir kishiga tavsiya etamiz. "Qalbimdasan, Allohim" — Allohga yaqinlik va ichki osoyishtalikni his qilishni istagan o‘quvchilar uchun ilhom manbai bo‘ladi.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

